Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda aholi jon boshiga tabiiy gaz iste'moli boshqa davlatlarnikidan 3 barobarga ortiq - «O‘ztransgaz»
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida jurnalistlar uchun «O‘ztransgaz» AJ mutasaddilari tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekistonda aholi jon boshiga tabiiy gaz iste'moli boshqa davlatlarnikidan 3 barobarga ortiqligi haqida aytildi.
«O‘zbekistonda aholi jon boshiga tabiiy gaz iste'moli rivojlangan davlatlar va qo‘shni mamlakatlarga qaraganda 3 baravar ko‘proq. Taqqoslash uchun, xorij davlatlarida bir kishi uchun 90 kub metr gaz to‘g‘ri kelsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 400 kub metrdan oshyapti», deydi «O‘ztransgaz» AJ boshqarma boshlig‘i Erkaboy Aliyev.
U 2018 yilda O‘zbekistonda aholi qancha gaz iste'mol qilgani haqida gapirgan.
«2018 yilda 3 mln 200 mingtadan ortiq xonadonda (14 mln aholi) 10 milliard kub metrdan ortiq gaz iste'mol qildi. Bitta xonadon yil davomida 5000 kub metr gaz ishlatadi.
Belarusda bu 1700-1900 kub metrni tashkil etadi. Bizda keyinchalik ehtiyojni qondirish uchun aholi tabiiy gazni tejab ishlatishi lozim», - deya Aliyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
22:33 / 25.03.2026
Shavkat Mirziyoyev huzurida neft-gaz tarmog‘idagi ishlar ko‘rib chiqildi
07:49 / 19.03.2026
Jahon gigantlari energiyani qaysi manbalardan oladi?
10:40 / 17.03.2026
Toshkentning ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi
13:43 / 16.03.2026