Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI afg‘on qizlarini O‘zbekiston va Qozog‘iston universitetlarida o‘qitish uchun 2 mln yevro ajratdi
Yevropa ittifoqi afg‘on ayollarini O‘zbekiston va Qozog‘iston universitetlarida o‘qitishni moliyalashtirish uchun BMT Taraqqiyot dasturiga 2 million yevro miqdorida grant ajratdi. Bu haqda YeI Kengashi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Rasmiy xabarga ko‘ra, 2025 yilgacha 50 nafar afg‘onistonlik talaba qiz Qozog‘iston va O‘zbekistondagi bakalavriat hamda magistraturada qishloq xo‘jaligi, amaliy statistika hamda foydali qazilmalar sohasida tahsil oladi.
Shu bilan birga, «BMT-ayollar» tuzilmasi doirasida afg‘on qizlari va ayollarining tadbirkorlik hamda kommunikatsiyalar sohalarida malakasini oshirish uchun yozgi maktablar ochiladi.
Ushbu dasturlarning asosiy maqsadi afg‘on ayollarining iqtisodiy huquqlari va ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini kengaytirishdan iboratdir.
Mavzuga oid
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida aviaqatnovlar soni oshiriladi
09:05 / 17.06.2026