Jamiyat | 08:33 / 25.07.2019
22029
2 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqdagi tirbandliklar sababi ma'lum bo‘ldi  

Bo‘stonliq tumanida turizm industriyasini jadal rivojlantirish, tumanga kelayotgan transport vositalarini tirbandliklarni oldini olish, ularning harakatini tartibga solish, xavfsiz turizmni ta'minlash maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tuman hududidan o‘tgan 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 74 km.da joylashgan Xo‘jakent qishlog‘i umumiy ovqatlanish shoxobchalari (Bochka) oldida eski ko‘prikni zamonaviy yo‘l infratuzilmasiga aylantirish, kengaytirish, ta'mirlash hamda qo‘shimcha aylanma yo‘llar qurish ishlari olib borilmoqda.  

Shu sababli dam olish kunlarida ushbu ta'mirlanayotgan ko‘prik oldida transport vositalarining tirbandliklari yuzaga kelmoqda, deyiladi Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabarida.

Toshkent viloyati IIBB YHX boshqarmasi mahalliy aholi va Bo‘stonliq tumaniga dam olish uchun keluvchilardan ushbu ta'mirlanayotgan yo‘l qatnov qismidan o‘tishda “Yo‘l harakati qoidalari”ga rioya etish va boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarini hurmat qilishni so‘ragan.

Mavzuga oid