«Hisobotlar rasmiyatchilik uchun emas, aholi muammolarini hal etishga qaratilgan bo‘lishi kerak» - Tanzila Norboyeva
Oliy Majlis Senatining yalpi majlislarida vazirlik va idoralar rahbarlaridan tashqari, viloyat hokimlarining ham hisobotlari eshitiladi. Viloyat rahbarlarining hisobotlari aholi muammolarini bartaraf etishda nechog‘li muhim o‘rin tutadi? Odamlar hokimlarning hisobotidan qoniqayaptimi?
Mazkur savolga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva quyidagicha javob berdi:
— Aytish joizki, Senat hududiy vakillik palatasi bo‘lib, hududlar manfaatlarini hisobga olish va ularni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni ham ko‘rib chiqadi. Shu bois endilikda yalpi majlislarda viloyat hokimining hisobotini eshitishda faqat parlament eshituvlari natijalari to‘g‘risida qaror qabul qilish yoki hokimiyat va davlat organlariga umumiy ko‘rsatmalar berish bilan cheklanib qolinmaydi.
Sodda qilib aytadigan bo‘lsak, hisobotlar faqat rasmiyatchilik, qog‘ozbozlik uchun emas, aksincha, ularning natijalari yuzasidan qabul qilinadigan qarorlarda joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilish va o‘sha hududda aholini qiynab kelayotgan masalalarni bartaraf etishga doir aniq vazifalar aks ettiriladi. Gapning indallosi — hisobotda xalq manfaati mujassam bo‘lishi zarur.
Yana bir jihat: qarorlarning ijrosini keng jamoatchilik ishtirokida samarali monitoring qilib borish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Uning har bir natijasi — salbiy yoki ijobiy bo‘lishidan qat'i nazar — ommaviy axborot vositalari orqali xalqimizga yetkazib boriladi.
Mavzuga oid
20:31 / 27.10.2024
Tanzila Norboyeva nabirasi bilan birga saylovda ovoz berdi
16:50 / 25.10.2024
Senat raisi YeXHT DIIHB missiyasi rahbari bilan uchrashdi
16:33 / 25.10.2024
Tanzila Norboyeva MDH Parlamentlararo assambleyasi delegatsiyasini qabul qildi
15:55 / 24.10.2024