10 iyul kuni ötkazilgan majlisda Senat raisi Tanzila Norboyeva xalqaro reytinglardagi ösişlar mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarning xalqaro bahosi ekanini ta’kidladi.
«Xalqaro reyting va indekslarda munosib örin egallaş — bu şunçaki raqam yoki statistika emas. Bu mamlakatimizda amalga oşirilayotgan islohotlarning samaradorligi, davlat boşqaruvi sifati, investitsiyaviy jozibadorlik va eng muhimi, inson manfaatlarini ta’minlaş borasidagi sa’y-harakatlarning xalqaro e’tirofidir», dedi Tanzila Norboyeva.

Milliy ma’ruzada keltirilişiça, eng katta ösişlardan biri Barqaror rivojlaniş maqsadlari indeksida qayd etildi. Özbekiston bir yilda 19 poğonaga yuqorilab, 167 mamlakat orasida 62-örinni egalladi. Şuningdek, mamlakat 2015 yildan buyon barqaror rivojlaniş sohasida eng katta taraqqiyotga erişgan davlatlardan biri sifatida e’tirof etilib, Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida eng yuqori ösiş sur’atini namoyon etayotgan mamlakat sifatida qayd etildi.
Elektron hukumatni rivojlantiriş reytingida ham Özbekiston olti poğonaga kötarilib, 193 davlat orasida 63-örinni egalladi. E’tiborlisi, respublika elektron davlat xizmatlari rivoji böyiça «yuqori» toifadan «juda yuqori» toifaga ötgan dunyodagi atigi 17 mamlakatdan biriga aylandi.

Iqtisodiy erkinlik indeksida uç poğonalik ösiş qayd etildi. Xalqaro moliya bozorlari uçun muhim körsatkiç sanaladigan suveren kredit reytingida ham ijobiy özgarişlar kuzatildi. Fitch Ratings va S&P agentliklari 2018 yildan beri ilk bor Özbekistonning reytingini bir poğonaga kötarib, uni «BB» darajasida tasdiqladi. Joriy yilda esa mamlakatning kredit reytingi prognozi «barqaror»dan «ijobiy»ga özgartirildi.
Senat yalpi majlisida qayd etilişiça, bu natijalar xorijiy investorlar uçun muhim işonç signali bölib, mamlakatga investitsiyalar oqimini oşiriş, taşqi moliya bozorlaridan arzonroq resurslar jalb qiliş hamda iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlaşga xizmat qiladi.

Şu bilan birga, Milliy ma’ruzada ayrim xalqaro reytinglardagi pasayişga korrupsiya holatlari, qonunlarga rioya etiş amaliyotidagi kamçiliklar va matbuot erkinligi bilan boğliq muammolar ta’sir körsatayotgani qayd etildi.















