Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyga quyosh elektrostansiyasini qurish bo‘yicha xorijiy kompaniyalar vakillari tashrif buyurdi
O‘zbekistonda quyosh elektrostansiyasini ilk marotaba davlat-xususiy sherikligi asosida qurish rejalashtirilmoqda.
Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Navoiy viloyati tanlangan bo‘lib, 100 megavatt quvvatga ega bo‘lgan quyosh elektrostansiyasini qurish va ishlatish uchun investorlar bilan hamkorlik qilish maqsadida Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) jalb etilgan.
Joriy yilning 24 iyul kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi vakillari geolog Xose Ignasio Gallego, konsultantlar Rustam Shamurodov va Adil Butaliblar boshchiligida jahonning oltita davlatidan 7 ta kompaniya vakillari Navoiy viloyatiga tashrif buyurishdi.

Xususan, Fransiyaning Total Eren, Yaponiyaning Mitsui, Janubiy Koreyaning KEPCO, Hindistonning Renew Power, Birlashgan Arab Amirliklarining ACWA hamda XXRning Jyenco va TBEA kompaniyalari vakillari tomonidan obekt qurilishi ko‘zda tutilgan maydon joyida borib o‘rganildi.

Sarmoyadorlar ochiq va raqobatbardosh savdolar orqali tanlanadi, ular yerni ijaraga olish, konsessiya shartnomasini tuzish va elektrostansiyaning asosiy aktivlarini ekspluatatsiya qilish va ulardan foydalanish shartnomasini tuzish imkoniga ega bo‘lishadi.


Shuningdek, investorlarni qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida konferensiya tashkil etildi.

Mavzuga oid
13:04 / 20.12.2025
Navoiyda universitet mansabdori pora bilan ushlandi
10:17 / 19.12.2025
Navoiyda ota va o‘g‘il is gazidan vafot etdi
09:59 / 26.11.2025
Xitoy kompaniyasi Navoiyda atmosferaga zaharli chiqindilar tashlashni kamaytirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshiradi
13:06 / 01.11.2025