Davlat xavfsizlik xizmati va içki işlar organlari xodimlari tomonidan ötkazilgan tadbirda, davlat zaxirasidagi yerlarda oltin saqlovçi rudalarni noqonuniy qazib olib, ularni kimyoviy qayta işlaş bilan şuğullangan guruh faoliyatiga çek qöyildi.
Tergov ma’lumotlariga köra, uşbu guruhga Samarqand viloyati Paxtaçi tumanida yaşovçi 1988 yilda tuğilgan şaxs boşçilik qilgan. U Karmana tumanidagi parrandaçilik xöjaligi binosini ijaraga olib, yaşirin sex taşkil etgan.
Tezkor tadbir davomida 200 kg yarim tayyor oltin, 200 qopda oltin moddasi mavjud qum va toşlar, 300 kg kimyoviy vositalar, maxsus laboratoriya jihozi, gaz ballonlari va boşqa asbob-uskunalar aşyoviy dalil sifatida olindi.
Şuningdek, Navbahor tumanida aniqlangan yana bir holatda mahalliy MÇJ rahbari soxta ruxsatnoma asosida “Sarmişsoy” davlat muzey-qöriqxonasi hududida 19 nafar şaxsni jalb etgan holda oltin qazib oliş işlarini taşkil etgani ma’lum böldi.
Uşbu holat böyiça 6 kg yarim tayyor oltin, 430 tonnadan ortiq oltin saqlovçi rudalar, kimyoviy vositalar, yuk avtomobillari va maxsus texnikalar musodara qilindi. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, 6,1 mlrd sömlik qazilma boyliklar talon-toroj qilingan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Şu bilan birga, ekologiya va atrof-muhitga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.













