Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘chmas mulk bo‘yicha bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun yangi narxlar belgilandi
Foto: Shutterstock
Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi hukumat qaroriga o‘zgartirishlar kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, 2019 yil 1 oktyabrdan ko‘chmas mulk obektlariga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi narxlar belgilandi:
jismoniy shaxslarning umumiy maydoni 100 kvadrat metrgacha bo‘lgan turar joy ko‘chmas mulk obektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
101 kvadrat metrdan 300 kvadrat metrgacha bo‘lganida – bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari;
301 kvadrat metrdan ortiq bo‘lsa – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari;
yuridik shaxslarning turar joy ko‘chmas mulk obektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;
jismoniy shaxslarning noturar joy ko‘chmas mulk obektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari;
yuridik shaxslarning noturar joy ko‘chmas mulk obektlari va davlat reyestridan ko‘chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;
jismoniy shaxslarning yakka tartibda turar joy qurish uchun berilgan yerga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari;
jismoniy shaxslarning noturar joy obektlari uchun berilgan yerga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari;
yuridik shaxslarga berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar – bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari;
ipoteka va ipoteka haqidagi shartnomani, shuningdek, ijara huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish – bazaviy hisoblash miqdorining 1,25 baravari;
mulkida turar joy borligi (yo‘qligi) haqida axborot berish – bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi.
Ko‘chmas mulk obektlariga manzillar berish, ularni o‘zgartirish va mavjudligini bekor qilish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.
Shuningdek, yangi obektga kadastr pasportini rasmiylashtirishda faqat kadastr pasportini shakllantirish va geokod berish uchun haq undiriladi.
I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun yuqoridagi davlat xizmatlari narxi umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.
Mavzuga oid
12:53 / 13.02.2026
Yanvarda ko‘chmas mulk bozori faollashdi: Toshkentda bitimlar 33 foizga oshdi
08:37 / 05.02.2026
Ko‘chmas mulklar ommaviy baholashdan o‘tkaziladi
19:32 / 24.01.2026
Barcha mahallalarning nomlari qayta ko‘rib chiqiladi
12:00 / 21.01.2026