Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Santosh Ja Hindistonning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi
Foto: TIV axborot xizmati
2019 yilning 26 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Hindiston Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Santosh Jani qabul qildi.
Ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilar ekan, vazir do‘st Hindiston elchisini yuqori va mas'uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga samarali faoliyat tiladi, deyiladi TIV xabarida.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Hindiston munosabatlarining dolzarb kun tartibi muhokama qilindi. O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli munosabatlar izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil Hindistonga davlat tashrifi va joriy yilning yanvar oyida bo‘lib o‘tgan «Jo‘shqin Gujarat» sammitidagi ishtiroki ikki tomonlama hamkorlikning muhim voqeasi bo‘lgani ta'kidlandi.
Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston-Hindiston hamkorlik institutlarining bo‘lajak majlislari va boshqa qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.
Mavzuga oid
14:02 / 14.01.2026
Hindistonda yovvoyi fil 22 kishini o‘ldirdi. U hamon qidirilmoqda
23:10 / 07.01.2026
«Telsartan H» dori vositasining ayrim partiyasi muomaladan qaytarib olinadi
13:02 / 06.01.2026
O‘zbekistonga o‘qish uchun kelayotganlar ko‘paydi: yetakchi mamlakat - Hindiston
09:06 / 03.01.2026