Tunis parlamenti raisi prezident vazifasini vaqtincha bajarishga kirishdi
Tunis parlamenti spikeri Muhammad an-Nosir davlat rahbari vafotidan so‘ng, prezident vazifasini bajaruvchi sifatida qasamyod qildi, deb xabar qilmoqda mamlakatning Mosaique FM radiostansiyasi.
Tunis konstitutsiyasiga muvofiq, prezident vakolatlarini vaqtincha bajarish vazifasini parlament spikeri bajarishi talab etiladi.
Radiostansiyaning yozishicha, qasamyod qilish marosimi parlamentning plenar majlisida o‘tkazish imkoni bo‘lmagan, biroq spiker deputatlar qarshisida qasamyod qilgan.
Tunis prezidenti Al-Baji G‘oid as-Sabsiy mamlakat poytaxtidagi harbiy gospitalda 93-yoshida hayotdan ko‘z yumgan edi. U oxirgi oylarda sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sabab tez-tez shifoxonada davolanayotgan edi. As-Sabsiy prezident lavozimini 2014 yilda egallagandi.
Mavzuga oid
12:24 / 20.02.2024
O‘zbekiston va Tunis mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi
13:24 / 25.10.2023
Yerosti hovli uylarida yashaydigan odamlar – Tunisdagi Matmata shahri haqida
18:17 / 09.08.2023
O‘rta Yer dengizida migrantlar qayig‘i cho‘kib ketib, o‘nlab kishilar halok bo‘ldi
09:42 / 17.07.2023