O‘zbekiston | 16:23 / 26.07.2019
6491
2 daqiqa o‘qiladi

Yil boshidan beri iste'molchilarning 7 milliard so‘mga yaqin zarari qayta hisob-kitob qilib berilgan

Foto: 123RF

2019 yilning birinchi yarim yilligi davomida Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga va uning hududiy bo‘linmalariga fuqarolar tomonidan 6014 ta murojaat ko‘rib chiqilgan. Bu haqida Kun.uz muxbiriga federatsiya matbuot xizmati xabar bermoqda. Ushbu murojaatlardan 3103 tasi og‘zaki, 2 221 tasi yozma, 690 tasi esa elektron shaklda yuborilgan.

Ushbu murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda quyidagicha ko‘rinish hosil qilgan:

- 2165 tasi (36 foiz) savdo,

- 732 tasi (12,2 foiz) gaz ta'minoti,

- 918 tasi (15,3 foiz) elektr ta'minoti,

- 353 tasi (5,9 foiz) suv ta'minoti,

- 240 tasi (4 foiz) kommunal xizmat,

- 103 tasi (1,7 foiz) sog‘liqni saqlash,

- 400 tasi (6,7 foiz) xizmat ko‘rsatish (servis),

- 167 tasi (2,8 foiz) transport,

- 208 tasi (3,5 foiz) aloqa (va internet),

- 728 tasi (12,1 foiz) esa boshqa sohalarga to‘g‘ri kelgan.

Ma'lum qilinishicha, yil boshidan kelib tushgan arizalarning 5 579 tasi ya'ni, 92,8 foiz ijobiy hal etilishi natijasida iste'molchilar foydasiga jami 6 947 247 006 so‘m yetkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilgan. Bu esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 376 580 006 so‘mdan ortiqligini ko‘rsatgan. 

Mavzuga oid