Xalqaro iste'molçilar taşkiloti - Consumers International - Si-Ay taklifiga köra, Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi Si-Ayning Buyuk Britaniya poytaxti Londonda joylaşgan global ofisiga taşrif buyurdi.

Ikki tomonlama uçraşuv doirasida Ci-Ay boş direktori Amanda Long Iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqovga federatsiyani nufuzli xalqaro taşkilot a'zoligiga qabul qiliş töğrisida sertifikat topşirdi.

Ta'kidlanişiça, taşrif çoğida Özbekiston delegatsiyasi vakillari Si-Ay mutaxassislari bilan, xususan, taşkilotning iste'molçilar huquqlari tarğiboti masalalari böyiça rahbari Jastin Mak Millan va strategik rivojlaniş hamda kommunikatsiyalar böyiça rahbari Filip Hant bilan konstruktiv muzokaralar ötkazdi.