Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish vazirligi ayrim topshiriqlarni bajarishda sustkashlikka yo‘l qo‘ygan - Senat
Foto: Depositphotos
2019 yil 26 iyul kuni Oliy Majlis Senati Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda qurilish, energetika hamda iqtisodiyot va sanoat vazirliklarining maqsadli vazifalarni joriy yil birinchi yarim yilligida bajarish bo‘yicha hisobotlari eshitildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, Qurilish vazirligining hisobot davridagi faoliyati ko‘rib chiqildi. Ta'kidlanganidek, vazirlikka 2019 yilda 33 ta vazifa yuklatilgan bo‘lib, shundan 10 tasini joriy yilning birinchi yarmida bajarish belgilangan. Ayni paytga kelib ushbu vazifalarning bor-yo‘g‘i 4 tasi bajarilgan. Shaharsozlik norma va qoidalari, shuningdek, davlat standartlarini xatlovdan o‘tkazish uchun ishchi guruh tuzish, hududiy qurilish organlarining moddiy-texnika bazasini xatlovdan o‘tkazish, hisoblangan qiymati tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga nisbatan oshib ketgan qurilish obektlarini moliyalashtirish tartibi to‘g‘risida nizom ishlab chiqish kabi vazifalar shular jumlasidan.
Shu bilan birga, ayrim topshiriqlarning bajarilishida sustkashlikka yo‘l qo‘yilgan. Xususan, qurilish sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish orqali qurilish-montaj ishlari monitoringi va nazoratini kuchaytirish, shaffofligi hamda obektlarning belgilangan muddatda topshirilishini ta'minlashni o‘z ichiga olgan milliy axborot tizimini yaratish va uni bunyodkorlikning barcha jarayonlariga joriy etish bo‘yicha tegishli me'yoriy-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash vazifasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yakunlanmagan. Qolaversa, loyiha tashkilotlari faoliyatini o‘rganish va ular ishini tartibga soluvchi amaldagi me'yoriy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish vazifasi ham bajarilmagan.
Shuningdek, senatorlar bugungi kunda ko‘plab e'tiroz va munozaraga sabab bo‘layotgan qurilish sohasidagi muammo va kamchiliklar, tizimdagi byurokratiya, o‘zlashtirish va korrupsiya bilan bog‘liq holatlarga ham urg‘u berdi.
Mavzuga oid
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
18:17 / 18.12.2025
2026 yilda asosiy soliqlar bo‘yicha stavkalar o‘zgarmaydi
13:32 / 18.12.2025
Senat 2026 yilgi davlat budjetini ma’qulladi
16:06 / 16.12.2025