Nazarboyev Toqayev bilan uchrashdi
Nursulton Nazarboyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev bilan uchrashdi. Bu haqda Elbasy.kz xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, uchrashuv vaqtida tomonlar kun tartibidagi dolzarb masalalarni, shuningdek oldinda turgan ishlar rejasini muhokama qilishgan.
Uchrashuvda mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat va fuqarolik institutlarini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratildi.
Eslatib o‘tamiz, shu yilning 19 mart kuni Qozog‘istonga qariyb 30 yil prezidentlik qilgan Nursulton Nazarboyev jonli efirda mamlakat aholisiga murojaat qilib, iste'foga chiqishini e'lon qilgandi.
Uning o‘rniga Senat raisi Qosim-Jo‘mart Toqayev prezident vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi. 9 aprel kuni mamlakatda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tishi haqida e'lon qilindi va 12 iyun kuni o‘tkazilgan saylovlarda Toqayev saylovchilarning 70,76 foiz ovozini olgan holda mamlakatning yangi prezidentiga aylandi. Uning hokimiyatga kelishi Qozog‘istonning asosiy shaharlaridagi norozilik namoyishlari bilan birga kechdi.
Mavzuga oid
18:42 / 30.08.2024
Nazarboyevning sobiq kelini odam o‘g‘irlashda ayblanib, 12 yilga qamaldi
22:01 / 16.08.2024
Nursulton Nazarboyevning jiyani Qayrat Sotiboldiuli qamoqdan ozod qilinadi
19:01 / 12.08.2024
Nazarboyevning jiyani davlatga 1,6 mlrd dollar qiymatli mulklarni qaytardi
21:42 / 12.01.2024