Jahon | 23:45 / 30.07.2019
9761
2 daqiqa o‘qiladi

Kanadadagi tamaddixonalar tarmog‘i sun'iy tuxumlardan ovqat tayyorlamoqda

Kanadadagi Tim Hortons tamaddixonalar tarmog‘i tarkibida Just kompaniyasi ishlab chiqargan sun'iy tuxumlar bo‘lgan taomlar sotuvini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda MarketWatch yozmoqda.

Kompaniyaning bildirishicha, uch qoshiq Just Egg suyuqligi bitta tovuq tuxumiga teng. Qayd etilishicha, uning mazasi haqiqiy tuxumniki bilan bir xilda.

Tim Hortons anchadan buyon Beyond Meat sun'iy go‘shtlaridan taom tayyorlab kelayotgandi. Endilikda sun'iy tuxumlar ham sinovdan o‘tkazilmoqda.

Just kompaniyasi mahsulotlaridan shuningdek, Gregory's Coffee qahvaxonalar tarmog‘i va Next Level burgerxonalar tarmog‘i ham foydalanib keladi. Just mahsulotlarini ayrim magazinlardan, shuningdek, Amazon orqali bir shishasini 34,99 dollarga sotib olish mumkin.

Just (avvalgi nomi — Hampton Creek) 2011 yilda San-Fransiskoda tashkil etilgan. Kompaniya sun'iy tuxumdan tashqari xamir, mayonez va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi. Ma'lumolarga ko‘ra, kompaniya tashkil etilganidan buyon 220 mln dollarlik investitsiya jalb etgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish