Korrupsiya 6 oyda O‘zbekiston iqtisodiyotiga 1 665 757 196 000 so‘m zarar yetkazdi
2019 yil yilning o‘tgan 6 oyi davomida O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash natijasida davlatga 1,5 trln so‘mdan ortiq zarar yetkazilgani aniqlangan. Shundan 97,3 foizi undirilgan. Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsuddinov ma'lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan 6 oy davrida jami 661 nafar turli toifadagi mansabdor shaxslarga nisbatan 590ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, 398ta jinoyat ishi bo‘yicha 537 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan va qolgan jinoyat ishlari bo‘yicha tergov harakatlari davom etmoqda, deb xabar qiladi Kun.uz muxbiri.
Shuningdek, Shamsuddinovning ma'lum qilishicha, korrupsiyaga qo‘l urgan va jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 25 nafari respublika darajasidagi rahbarlardir.
«Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 25 nafari respublika, 36 nafari viloyat va 476 nafari tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda ishlab kelgan. Mazkur jinoyatlar oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 1 trln 665 mlrd 757 mln 196 ming so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan, tergov jarayonida ushbu zararning 1 trln 621 mlrd 503 mln 587 ming so‘mi yoki 97,3 foizi undirilgan», - dedi Bosh prokuratura rasmiysi.
Brifingda korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarning turlariga ham oydinlik kiritildi.
«Jinoiy javobgarlikka tortilgan xodimlarning 250 nafari o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 48 nafari soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash, 71 nafari pora olish-berish yoki unda vositachilik qilish, 51 nafari firibgarlik, 23 nafari mansabni suiiste'mol qilish, 18 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 4 nafari mansabga sovuqqonlik, 7 nafari mansab soxtakorligi va 65 nafari boshqa jinoyatlari uchun javobgarlikka tortildi», - dedi Hayot Shamsuddinov.
Mavzuga oid
19:53 / 10.09.2024
Korrupsiyaga qo‘l urgan 566 nafar shaxs davlat ishiga qaytadan kirib, yana korrupsiyaga qo‘l urgan
19:11 / 23.08.2024
Qozog‘istonda 10 million dollarlik «tushunarsiz boylik» davlatga qaytarildi
09:46 / 23.08.2024
Toshkentda korrupsiyaviy jinoyat sodir etgan mansabdorlar asosan qaysi idoralarda ishlagani aytildi
12:59 / 19.08.2024