Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada o‘zbekistonlik 11 yoshli bola baxsiz voqea oqibatida hayotdan ko‘z yumdi
O‘zbekistonning Vladivostok shahridagi (Rossiya) Bosh konsulxonasi ma'lumotiga ko‘ra, 2019 yil 25 iyul kuni Primorsk o‘lkasida 2011 yildan beri yashab, ishlab kelgan O‘zbekiston fuqarosi I.X. yurak xurujidan vafot etdi.
30 iyul kuni shu mintaqada baxsiz voqea natijasida 11 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Sh.N. olamdan o‘tdi.
Bosh konsulxona ushbu vaziyatlarni nazoratga oldi va O‘zbekiston fuqarolarining jasadlarini vataniga yuborish bo‘yicha konsullik-huquqiy va tashkiliy masalalarni hal qilishda ishtirok etmoqda, deyiladi TIV xabarida.
Konsullik-huquqiy departamenti marhumlarning qarindoshlari va yaqinlariga ta'ziya izhor etgan va Rossiyaning Uzoq Sharq federal okrugi (Amur oblasti, Kamchatka o‘lkasi, Magadan oblasti, Primore o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin oblasti, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududidagi O‘zbekiston fuqarolari zarur hollarda mamlakatning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamlari orqali murojaat qilishlari mumkinligini eslatgan: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.