Iqtisodiyot | 15:05 / 02.08.2019
11305
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning birinchi yarim yillikdagi eksport hajmi ma'lum qilindi

2019 yil yanvar-iyun oylarida respublikaning eksport hajmi 6,3 mlrd AQSh dollarini tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 124,7 foiz o‘sishni ko‘rsatdi. Tarmoq korxonalari 5,2 mlrd AQSh dollari, hududiy korxonalar esa 987,9 mln AQSh dollari miqdoridagi eksportni amalga oshirishdi. Bu haqida 2 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida o‘tkazilgan brifingda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bo‘lim boshlig‘i Botir Madrahimov xabar berdi.

«Joriy yilning 7 oylik yakunlari bo‘yicha esa jami eksport hajmi 7,4 mlrd AQSh dollariga yetdi. 1 ming 500dan ortiq eksportyorlar mahsulotlarini tashqi bozorga sotdi. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha 1 mlrd AQSh dollariga yaqin mahsulotlar eksport qilindi. Eksport mahsulotlari tarkibida, asosan, mashinasozlik, neft-gaz sanoati, oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari o‘rin tutgan.

Ma'lumot sifatida aytishim mumkinki, meva-sabzavot eksporti sezilarli oshgan. Yil boshidan beri 700 ming tonnadan ortiq meva-sabzavotlar tashqi bozorga chiqarildi», deya qo‘shimcha qildi Madrahimov.

Mavzuga oid