Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydigan eksport tovarlari ro‘yxatiga tuzatish kiritildi
2019 yil 1 yanvardan qo‘llaniladigan soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydigan eksport qilinadigan xomashyo tovarlari ro‘yxatiga biroz tuzatish kiritildi. Bu haqda Norma yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yil 1 yanvardan boshlab tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni, shu jumladan, komissioner (ishonchli vakil) orqali realizatsiya qilishdan tushgan umumiy tushumida eksport ulushi 15%dan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar soliq solinadigan bazani eksportga realizatsiya qilish hajmiga to‘g‘ri keladigan foyda (realizatsiya qilish hajmi) qismi yuzasidan foyda solig‘i va YaST bo‘yicha kamaytiradi.
Biroq bu imtiyoz alohida ro‘yxatda ko‘rsatilgan xomashyo tovarlarini eksport qilishga, shuningdek, xalqaro tashishlar (avtotransportdan tashqari) hamda uzatish quvurlari va gaz quvurlari orqali yetkazib berish xizmatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Tuzatishlar bilan undan chuvatib o‘ralmagan xom ipak (TIF TN – 5002) va ipak momig‘i (TIF TN – 5003 kodi bilan belgilangan tovar pozitsiyasi tarkibida joylashgan) chiqarib tashlandi. Binobarin, endi imtiyoz ushbu tovar turlari eksport qilingan hollarda ham qo‘llaniladi.
Hujjat 31.07.2019 yildan kuchga kirdi.
Mavzuga oid
15:15 / 09.02.2026
O‘zbekiston eksportida Rossiya va Xitoy yetakchi bozorlar bo‘ldi
15:10 / 07.02.2026
Ukraina - Germaniyadan qurol-yarog‘ olayotgan eng muhim qabul qiluvchi davlat
11:06 / 03.02.2026
O‘zbekistondan Pokistonga anor, uzum va olxo‘ri eksporti bo‘yicha talablar belgilandi
11:33 / 27.01.2026