Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat departamentining bo‘lim boshlig‘i qo‘l ostidagi xodimlariga qo‘pollik qilgani uchun ishdan bo‘shatildi – OAV
AQSh davlat departamentining siyosatni rejalashtirish bo‘limi boshlig‘i Kiron Skinner qo‘l ostidagi xodimlariga qo‘pollik qilgani uchun lavozimidan bo‘shatildi, deb xabar berdi Politico.
Kiron Skinner ushbu bo‘limni 2018 yil 1 sentyabrdan buyon boshqarib kelayotgandi.
Nashr manbalarining so‘zlariga ko‘ra, xodimlar agar Skinner ishdan bo‘shatilmasa, o‘zlari ishdan ketishlarini aytishganidan so‘ng uni bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan. Gazeta va qator nashrlarning yozishicha, u xodimlariga muntazam ravishda baqirgan, qo‘pollik qilgan, haqoratlagan. Skinnerning bo‘limdagi bir yillik faoliyati davomida xodimlarning uchdan biri ishdan bo‘shab ketgan.
Mavzuga oid
18:46 / 06.06.2026
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
08:29 / 06.06.2026
Trampning immigratsiya bo‘yicha qarorlari sudda rad etildi
08:15 / 06.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
22:15 / 05.06.2026