O‘zbekiston | 15:48 / 03.08.2019
4576
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Germaniya Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

Foto: TIV axborot xizmati

2019 yilning 3 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Germaniya Federativ Respublikasi hukumatining Afg‘oniston va Pokiston bo‘yicha maxsus vakili Markus Potsel bilan uchrashdi

Suhbat chog‘ida Afg‘oniston muammosini hal qilish borasidagi O‘zbekiston va Germaniya sa'y-harakatlari muhokama qilindi. Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha xalqaro hamjamiyat sa'y-harakatlarini birgalikda muvofiqlashtirish zarurligiga e'tibor qaratildi, deyiladi TIV xabarida.

Germaniya maxsus vakili ikki tomonlama muhim masalalar bo‘yicha hamkorlikning hozirgi darajasiga yuqori baho berdi va Afg‘oniston yo‘nalishidagi hamkorlikning ustuvor jihatlari bo‘yicha O‘zbekiston va Germaniya mavqelari yaqinligini ta'kidladi.

Alohida qayd etilganidek, Germaniya hukumati Afg‘onistonda tinch siyosiy jarayonni boshlash, ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani tiklash, xususan qo‘shni mamlakat iqtisodiyotining turli tarmoqlari uchun milliy kadrlar tayyorlash bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati qadamlarini to‘la qo‘llab-quvvatlaydi.

Uchrashuvda ikki mamlakatning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari apparatlari hamda O‘zbekiston va Germaniya tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida Afg‘oniston masalalari bo‘yicha konstruktiv va o‘zaro maqbul muloqotni bundan keyin ham davom ettirishga tomonlarning tayyor ekanliklari bildirildi.

Mavzuga oid