Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy parlamentlararo anjumani tashkil qilinadi
2019 yil 2 avgust kuni Oliy Majlis Senatida Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Kurmanov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi Chjan Venchuan boshchiligidagi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan parlamentlararo aloqalarni yanada mustahkamlash, Xitoy islohotlari va ochiqlik siyosatining 40 yilligiga, shuningdek O‘zbekistonning Harakatlar strategiyasi doirasida yangilangan ichki va tashqi siyosatini ilgari surish tajribasiga bag‘ishlangan parlamentlararo anjumanni tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.
Ta'kidlanganidek, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar amaliy, do‘stona va o‘zaro foydali xususiyatlarga ega. Ikki davlat rahbarlari o‘rtasida o‘rnatilgan ishonchli shaxsiy munosabatlar ularning poydevori hisoblanadi. Bunda ikki mamlakat o‘rtasida strategik sheriklikni mustahkamlash, ko‘p qirrali siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va moliyaviy o‘zaro hamkorlikni kengaytirish ulkan ahamiyat kasb etadi.
Mavzuga oid
10:55 / 17.07.2026
Tramp: Xitoy 2020 yilgi AQSh saylovlariga aralashgan
09:25 / 17.07.2026
Quyosh panellari va qo‘ylar Xitoyda cho‘lni qayta tiriltirdi
22:31 / 16.07.2026
Xitoyda o‘ta realistik U1 odamsimon-hamroh roboti taqdim etildi
20:05 / 15.07.2026