Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi fojiali voqealar qurbonlari ro‘yxatida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q - TIV
So‘nggi kunlarda AQShning qator yirik shaharlarida tinch aholini bir qancha ommaviy o‘qqa tutish holatlari yuz berdi. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi bu haqda maxsus axborot bilan chiqdi.
2019 yil 3 avgust kuni Texas shtatining El-Paso shahrida Walmart supermarketida otishma sodir bo‘ldi. OAV ma'lumotlariga ko‘ra, 20 kishi qurolli hujum qurboniga aylangan, yana 26 kishi jarohatlangan, 21 yoshli gumondor Patrik Kruzius hibsga olingan. Jinoyatning sabablari aniqlashtirilmoqda.
4 avgustga o‘tar kechasi Ogayo shtati Deyton shahrida ham otishma yuz berdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 10 kishi, jumladan hujumchining o‘zi vafot etgan. 27 kishi jabrlangan.
Shuningdek, otishma holati Illinoys shtatida Chikago shahrida ham qayd etildi. Fox News xabariga ko‘ra, 4 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 1.30da jinoyatchi Chikago g‘arbidagi parkda mashinadan olomonga qarata o‘q uzgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 7 kishi turli darajada jarohat olgan.
5 avgust holatiga ko‘ra, Texas va Ogayo shtatlarida, shuningdek, Chikago shahrida sodir bo‘lgan fojiali voqealar qurbonlari ro‘yxatlarida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q, deyiladi TIV xabarida.
Mavzuga oid
18:46 / 06.06.2026
AQShdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
08:29 / 06.06.2026
Trampning immigratsiya bo‘yicha qarorlari sudda rad etildi
08:15 / 06.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozida harbiy taranglik yana avj oldi
22:15 / 05.06.2026