Statistik ma'lumotlarga köra har yili 14 million kişiga saraton taşxisi qöyiladi. Bu raqam yildan yilga ortib bormoqda va JSST ma'lumotlariga köra 2025 yilga kelib bunday taşxis qöyilgan bemorlar soni 19,3 million kişiga yetadi. Bugungi kunda ösma kasalliklari tufayli ölimlar yurak qon-tomir kasalliklaridan keyin ikkinçi örinda turgan bölsa, prognozlarga köra 20 yildan söng yetakçiga aylanadi.

Professor Ozlem Er ACIBADEM Maslak klinikasida onkologik kasalliklarni davolaş bilan şuğullanadi. Uning fikriça, onkologik muammolar bilan kuraşda eng muhim jihat aholining bu boradagi tuşunçalarini oşiriş va bu dard aniqlanganda imkon qadar tezroq çoralar körişdir. Şifokor bunday kasalliklarni davolaş böyiça öz fikrlarini bildiradi.

Davolaş uslubini tanlaş hujayralardagi özgarişlarga boğliq

Saraton – umumiy nom bölib, bu dard ostida 200 dan ortiq muayyan kasalliklar yotadi. Kasallikni molekulyar strukturasiga asosan körsak, bir xil turdagi kasallik özini turli şaklda namoyon etayotganini kuzatişimiz mumkin. Şuning uçun ham davolaş samarasi bemor organizmidagi hujayralar mutatsiyasining öziga xos jihatlarini hisobga olingan holda olib borilişiga boğliq. Aniq diagnoz töqimalar biopsiyasi va suyuq biopsiya tekşiruvlaridan söng qöyiladi.

Mutatsiyalar qon tahliliga köra körinadi

Saraton (rak) soğlom hujayralarning zararlanişi va mutatsiyaga uçrab, haddan taşqari tez va nazoratsiz köpayib ketişi bilan yuzaga çiqadi. Bunday özgarişlar avloddan avlodga ötişi yoki taşqi faktorlar sabab yuzaga kelişi mumkin.  

Fan bir joyda turmaydi va sönggi yillarda onkologik kasalliklar bilan kuraşda ança jiddiy siljişlarga erişildi. Lekin bu kasallikni bir xil uslub bilan davolab bölmaydi va har bir holat böyiça alohida yondoşuv zarur. Davolaş samarasi kişi a'zosining patologik özgarişlari qay darajadaligiga boğliq. Zamonaviy uslublarni qöllagan holda sönggi ön yilliklar içida minglab bemorlarning hayoti saqlab qolindi, umr davomiyligini uzaytirişga erişildi.