Miya – inson organizmi faoliyatini nazorat qiluvçi öta muhim a'zo hisoblanadi. Unda paydo bölgan har qanday patalogik jarayon – hatto xavfsiz ösmalar ham bemor hayotiga, salomatligiga salbiy ta'sir qiladi. Boş miya ösmalarini davolaş, ayniqsa operativ usul juda murakkab jarayon, köp hollarda ösmaga yetib boriş uçun soğlom töqimalarga ham zarar yetadi va bu öz navbatida qator a'zolar faoliyatiga ta'sir ötkazmay qolmaydi.

ACIBADEM klinikasida boş miya ösmalariga qarşi öziga xos davo uslublari tanlangan bölib, ularni qöllaş orqali soğlom töqimalarga zarar yetkazilmagan holda patalogiyaga uçragan hujayralar yöq qilinadi.

ACIBADEM klinikasi professori, Gamma Knife bölimi mudiri Koray Ozduman boş miya saratonining turli şakllarini davolaş borasida ulkan tajribaga ega.

ACIBADEM klinikasi professori Koray Ozduman

AQŞ, Yaponiya kabi davlatlardagi köp yillik faoliyati natijasida bunday murakkab xastalikka çalingan köplab bemorlarni davolaşni yaxşi özlaştirgan şifokor hozirgi kunda Turkiyada öz işini davom ettirmoqda. Mutaxassis mavzuga oid eng muhim savollarga javob beradi.

Boş miyada qanday turdagi ösmalar eng köp uçraydi?

Biz aniqlayotgan ösmalarning uçdan ikki qismi xavfsiz bölib, xavfli ösmalardan farqli ravişda sekin ösadi va yon-atrofdagi töqimalarga jiddiy zarar yetkazmaydi. Boş miya saratoniga kelsak, bu ösma turi diagnostika va davolaş nuqtai nazaridan juda murakkab kasalliklar toifasiga kiradi.

Boş miya ösmalarining paydo böliş sabablari nimada?

Bu borada qator nazariyalar bor. Bugungi kunda fanga faqat bir sabab ma'lum – radioaktiv nurlaniş. Köp hollarda boş miya ösmalariga uran konlariga yaqin hududlarda yaşovçilar va şunday konlarda işlovçilar, Çernobyl singari hududlarda ma'lum muddat bölganlar çalinişadi. Ammo bu sabablardan biri xolos. Atrof muhitning ifloslanişi kabi yana qator omillar ham körsatiladi, biroq ular uzil-kesil isbotini topmagan.

Boş miya ösmalari paydo böliş xavfini genetik jihatdan aniqlaş imkoniyatini beradigan sinamalar mavjudmi?