Bolalarda köriş bilan boğliq muammolar köp hollarda tuğma böladi, ammo ular baxsiz hodisa yoki jarohatlar tufayli ham yuzaga kelişi mumkin. Bolalarda köriş qobiliyati dastlab 3 oyligida, bola közlarini harakatlantirişni boşlaganida tekşirib köriladi.

ACIBADEM Altunizade klinikasi şifokori Muruvvet Ayten Tuzunalp 20 yildan ortiqroq muddat davomida bolalarda köz kasalliklarini davolaş bilan şuğullanadi. Mutaxassis közlardagi mavjud muammolarni aniqlaş bilan birga davolaş uslublarini ham tavsiya etadi.

Muruvvet Ayten Tuzunalp

Şifokorning sözlariga köra, köz kasalliklarida refraksion xatolar eng köp diagnoz qilinadi. Lekin bu közoynak taqişga sabab böladigan yagona taşxis emas. Köp hollarda közlardagi refraksion xatolar holati tuğma poroklarga borib taqaladi. Ammo hayot davomida orttirilgan holatlar ham mavjud.

Qayd etiş kerakki, köriş qobiliyatini tekşirişni bola 1 yoşga kirgunga qadar amalga oşiriş kerak. Agar jiddiy muammo aniqlansa, bolaga 3 yoşgaça taqib yuriş uçun közoynak tavsiya etiladi.

Şifokorning ta'kidlaşiça, «yalqov köz» yoki ğilaylik taşxislangan holatlarda közoynaklar individual tarzda tanlanadi. Holatga köra patologiya rivojlanişining barça variantlari baholanadi va muammoni bartaraf etiş uçun kelgusi harakatlar rejasi tuzib olainadi. Bolani har 6 oyda tekşiruvlardan ötkaziş zarur. Agar muammo juda jiddiy bölsa, közoynakni bir yoşgaça taqiş tavsiya qilinadi. Közlardagi refraksion xatolar holatida qaror tekşiruvlar natijalariga köra qabul qilinadi – qoraçiqlarni kengaytiriş orqali qöşimça testlar ötkaziş uçun bir neça tomçi tomizib körilişi ham mumkin.

Boşqa muammolarda, masalan nistagmda (köz olmasining boşqaruvsiz ritmik harakati) yoki bir yoşgaça uçraydigan ğilaylikda tekşiruvlar grafigi farq qiladi. Agar bolada bir yoşgaça bölgan ğilaylik (odatda bu holat tuğma böladi) kuzatilsa, qöşimça testlar ötkaziladi va refraksiya bilan boğliq muammolar aniqlanmasa, bola bir yoşga tölişi bilan operatsiya qilinadi.

Agar ğilaylik aniqlanmasayu, har ikki közga ta'sir qiluvçi refraksion muammolar mavjud bölsa, davolaş rejasi holatga köra belgilanadi va ma'lum muddat kutib turiş mumkin. Agar ikki köz örtasida katta farq mavjud bölsa, «yalqov köz»ga maxsus közoynak yoki linzalar tavsiya qilinadi, boğlamalar (soğlom köz okklyuziyasi) qöyiladi.