ACIBADEM klinikalar tarmoğini butun dunyo biladi. Bu yerdagi tibbiy xizmat darajasi ança yuqori bölib, köplab mamlakatlar bemorlari tomonidan tan olingan.

Şifoxona mutaxassislari xatarli ösimtalarni davolaşning yangi uslublari qatorida zamonaviy, ilğor texnologiyalarga asoslangan saratonni davolaş uslubi – tomoterapiyadan foydalanişadi. Nur har bir bölimda ösimtaga qaratiladi, radiatsiya faqat kerakli nuqtaga yönaltiriladi, şuningdek, eng çuqur va murakkab yerlarga tuşa oladi. Eng muhimi, TomoTherapy qurilmasi orqali tomoterapiyani ötkazişda soğlom organlarga nurlanişdan ziyon yetmaydi.
Vizualizatsiya texnologiyasidan foydalaniş aniqlikni oşiradi va davolaşning işonçligini ta'minlaydi. Soğlom töqimalarning mustahkam himoyasi yon ta'sirlar sonining kamayişi, hayot sifatini yaxşilaşga yordam beradi, uzoq yaşaş imkoniyatini beradi, kasallik qaytalanişi xavfini kamaytiradi. Uç ölçamli (3D) rejimda körgan holda davolaşga imkon beradi. Qurilmaning noodatiy tuzilişi hisobiga 360-darajali rejim orqali ösimtaga töxtamasdan ta'sir körsatiş mumkin. Bu esa bir yoki bir neça ösimtalarni bitta seansda davolaşga imkon beradi.

Yuqori tezlik – Tomoterapiyaning eng muhim afzalliklaridan biri. Uning tarkibiga kiruvçi Multileaf Collimator (MLC) tizimi har biri bir qatorda joylaşgan pnevmatik, yuqori tezkor, bir-birini berkituvçi «barglar»dan iborat bölib, millisekundda oçilib yopilişi mumkin böladi. Bu esa qisqa vaqt içida eng murakkab jarayonlarni amalga oşirişga yordam beradi.
Tomoterapiya qurilmasining ikkinçi afzalligi – soğlom töqimani tösib qöygan holda nurlanişni bir vaqtning özida bir neça ösimtalarga yuboriş imkonidir. Bunday nurlaniş jarayoni ortiqça nurlanişni töxtatadi, şuningdek, asosan bolalarni davolaşda muhim bölgan jihatlardan biri hisoblangan kasallikning takrorlanişini minimal darajaga tuşiradi.

TomoTherapy yangi qurilmasida VoLO reja tizimi örnatilgan. Bu nurlaniş terapiyasini nostandart qöllaş haqida gap ketganida juda muhimdir. Masalan, tuxumdon, suyak iligi, plevra, ikki tomonlama kökrak bezi saratonini nurlantiriş.













