Onkologik kasalliklarning eng köp tarqalgan turiga mansub öpka saratonini davolaş uslublari muntazam ravişda mukammallaşmoqda. Radiatsion onkologiya sohasidagi sönggi işlanmalar xatarli ösimtalar bilan kuraşişda özining yuqori samaradorligini körsatmoqda.

Erta qöyilgan taşxis juda katta ahamiyatga ega: taşxis avvalroq belgilanib, muolaja qança tez boşlansa, kasallikni mutlaq yengiş uçun imkoniyat şunça ortadi. Öpka saratonini davolaş jarrohlik amaliyoti, kimyoterapiyasi va nurlaniş terapiyasi orqali amalga oşiriladi.
Öpka saratoni ikki asosiy turga bölinadi:
- Kiçik hujayrali öpka saratoni;
- Kiçik bölmagan hujayrali.
Kiçik bölmagan hujayrali saraton boşqa tana a'zolariga tarqalişga moyil bölib, ösimta joylaşuvi mahalliy bölganda uni tizimli davolaş ijobiy natija beradi. Yangi şakllangan ösimtaga qarşi kuraşiş uçun jarrohlik hamda nurlaniş terapiyasi qöllaniladi.
ACIBADEM Altunizade klinikasining radiatsion onkologi, professor Mexmet Ufuq Abajiöğli ta'kidlaşiça, nurlaniş terapiyasi erta bosqiçlarda ançayin samaralidir. Sababi, ösimta hajmi kiçik bölganligi uçun limfa tugunlari va boşqa organlarga tarqamagan böladi. Bunday vaziyatda jarrohlikni qöllab yoki stereotaksik nurlaniş terapiyasini amalga oşiriş mumkin. Biroq, aniq bir davolaş uslubini tanlaş har bir bemorning individual holatiga boğliqdir.

Radioterapiyadagi yangi yondoşuvlar
Saratonni davolaşga oid yangi qöllanmalar doimiy tarzda paydo böladi. Radiatsion onkologiya sohasidagi sönggi innovatsion yangiliklar – bu kasallikning dastlabki bosqiçida radiatsiyaning yuqori dozalarini qöllaş va kam miqdordagi yon ta'sirlar bilan ajoyib natijani olişga imkoniyatdir.
Professor Abajiöğli 3 sm (kasallikning 1- yoki 2-bosqiçlarida metastazlar mavjud bölmaydi) ölçamdagi yangi şakllangan xatarli öpka saratonini davolaş usuli haqida gapirib ötdi. Bunday holatda öpkaning bir qismi olib taşlanadi. Agar bemorga operatsiya qiliş boşqa mavjud kasalliklar yoki narkozdan foydalaniş xavfi tufayli man etilgan bölsa, radiatsion terapiya qöllaniladi. Odatda uçtadan sakkiztagaça bölgan seanslar tayinlanadi. Bunday davolaniş bilan ösimtaning butunlay yöq bölişi va uning ösiş jarayoni töxtaşiga 90 foiz kafolat beriladi.













