Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Innovatsion rivojlanish vazirligi Venchur Capital Invest bilan startaplar bo‘yicha hamkorlik qiladi
Innovatsion rivojlanish vazirligi “Venchur Capital Invest” kompaniyasi bilan innovatsion loyihalar va startaplarni moliyalashtirish borasida hamkorlik qilishga kelishdi. 2019 yilning 5 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri o‘rinbosari Oybek Norinboyev hamda “Venchur Capital Invest” investitsion kompaniyasi direktori Ruslan Kim o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Memorandum doirasida tomonlar qo‘shma innovatsion loyihalar va startaplarni amalga oshirish sohasida hamkorlik qilishga kelishib oldilar. Shuningdek, investitsion faoliyat va venchur moliyalashtirishni rivojlantirish,birgalikda tadqiqotlar va ishlanmalar olib borish ham hamkorlikning uzviy qismi bo‘ladi. Bundan tashqari, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun tajriba, mutaxassislar va tadqiqotchilar bilan o‘zaro almashish, tadqiqotlar, innovatsiyalar va venchur moliyalashtirishlar sohasida kadrlarni o‘qitish va tayyorlash ishlari amalga oshiriladi.
Bugungi kunda investorlar, ayniqsa xorijiy investorlarning investitsiya hissalarini tezkor va samarali jalb etish maqsadida investitsiya va boshqaruv kompaniyalarini tashkil qilish amaliyoti keng yo‘lga qo‘yilmoqda. Mazkur hamkorlik innovatsion g‘oyalar, startaplar, venchur loyihalarni moliyalashtirish, ilmiy-texnik ishlanmalar natijalarini ishlab chiqarishga tatbiq qilishni tezlashtirish va innovatsion mahsulotlarni xalqaro bozorga chiqarish tizimining barqaror zanjirini yaratish va rivojlantirishga qaratilgan, deyiladi vazirlik xabarida.
Mavzuga oid
12:05 / 26.12.2025
Shavkat Mirziyoyev: iqtisodiyot texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkaziladi
07:40 / 07.10.2025
Reyting: 2025 yilda dunyodagi eng innovatsion davlatlar
11:02 / 17.09.2025
Raqamli sog‘liqni saqlash markazi innovatsion loyihalarini taqdim etdi
18:49 / 10.09.2025