Ayrim taşkilotçilar özlarining hamkorlari – iste'molçilarni aldaş va talon-toroj qiliş orqali rivojlanişga harakat qilyaptilar, deya xabar beradi Energetika vazirligi.
Bunday holatlar, jumladan, “Özneftgazinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlari va gazni öz vaqtida va sifatli yetkazib berilişini örganiş böyiça butun mamlakat böylab ötkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan.
Xususan, joriy yilning 22 iyulida Toşkent viloyati hududida ötkazilgan tekşirişlarda qator jiddiy qonunbuzarliklar foş etildi.
Misol uçun, Çinoz tumanidagi "Paxta neft bazasi" mas'uliyati çeklangan jamiyati tomonidan fermerlarga yoqilği taqsimlaş paytida 81 ming 365 litr kamomad yuzaga kelganligi, şuningdek, ortiqça 140 litr EKO dizel yoqilğisi mavjudligi aniqlangan. Hisobotlardagi ma'lumotlar va dizel yoqilğisini amalda qöllaş örtasida 854 ming 730 litr nomuvofiqlik paydo bölgan. Şuningdek, texnik va metrologik singari boşqa kamçiliklar ham aniqlandi.
Agar iste'molçilar oldidagi majburiyatlarni bajariş borasida aniq dalillarga murojaat etadigan bölsak, Oxunboboyev nomidagi FYoTP №13 12 ming 235 litr, FYoTP №11 51 ming 209 litr, H.Olimjon nomidagi FYoTP №41 7 ming 130 litr, Toşovul nomli FYoTP №36 10 ming 791 litr yoqilği kamomadiga yöl qöygan.
Fermerlarga yoqilği tarqatiş punktlarida aniqlangan ortiqça EKO dizel yoqilğilari haqida gap ketganda, bunday holatlarga Abay nomidagi FYoTP №22 (63 litr), Uluğbek nomidagi FYoTP №8 (77 litr) yöl qöyilganligi ma'lum bölgan.
Talon-toroj etiş orqali boyiş faktlari Örta Çirçiq tumani hududida ötkazilgan tekşirişlar jarayonida ham aniqlandi. Jumladan, "Kuçlik neft bazasi" MÇJ fermerlarga yoqilği taqsimlaş punktida ekologik toza dizel yoqilğisi kamomadi 200 litr, AI-80 markali benzin kamomadi 8 ming 190 litrni taşkil etişi ma'lum böldi. Şuningdek, bu yerda 8 ming 44 litr ortiqça dizel yoqilğisi mavjudligi aniqlanib, mazkur turdagi yoqilğining haqiqiy ta'minoti va hisobotlardagi raqamlar örtasidagi farqi 40 ming 5 litrni taşkil etişi aniqlandi.
Tekşiruvlar vaqtida xuddi şunday qonunbuzarliklarga “Turon” FYoTP - №1, “Navbahor” FYoTP №20, M.Uluğbek nomli FYoTP №37 hamda “Açamayli” “Açamayli” №77 da yöl qöyilgani ma'lum böldi.
Ayni bir vaqtning özida yoqilği taqsimlaş punktlarida saqlanayotgan neft mahsulotlarining sifati ham örganilgan. Uşbu maqsadda olingan namunalar hozirgi kunda “Özneftgazinspeksiya” kimyo-nazorat laboratoriyalarida nazoratdan ötkazilmoqda.













