Qişda havo harorati pasayadi, bu esa isitişga bölgan ehtiyojni oşiradi. Şu jihatdan 1 noyabrdan boşlab, tabiiy gaz uçun örnatilgan ijtimoiy norma miqdori oşiriladi. Bu Vazirlar Mahkamasining «Yoqilği-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida»gi qarorida közda tutilgan.
Qarorga köra, maişiy iste’molçilar (aholi xonadonlari) uçun tabiiy gaz böyiça ijtimoiy (bazaviy) me’yor mart–oktyabr oylarida oyiga 100 kubometrgaça, noyabr–fevral oylarida oyiga 500 kubometrgaça deb belgilangan.
Geografik va iqlim şaroitlarini inobatga olgan holda, Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida isitiş mavsumi respublikaning boşqa hududlaridan farqli ravişda oktyabr–fevral oylari deb belgilandi.
Isitiş mavsumida aholiga yetkazib beriladigan 1 kub metr tabiiy gaz narxi quyidagiça:
- 500 kub metrgaça iste’mol uçun 650 sömdan;
- 501 dan 2500 kub metrgaça 1500 sömdan;
- 2 501 dan 5 000 kub metrgaça 1950 sömdan;
- 5 001 dan 10 000 kub metrgaça 2275 sömdan;
- 10 ming kub metrdan yuqori iste’mol uçun 2 600 sömdan hisob-kitob qilinadi.
Bunda iste’molçilar özlarining kunlik iste’molini monitoring qilib boriş muhim. Çunki belgilangan ijtimoiy normadan köp işlatilgan har kub metr gaz uçun narxlar 2 barobardan köproqqa, 650 sömdan 1500 sömgaça va undan ortiqroqqa qimmatlaşadi.
Kun.uz “Hududgazta’minot” AJ matbuot xizmatiga “Fuqarolar uçun öz iste’molini kunlik nazorat va monitoring qilib borişlari uçun alohida mobil ilova işlab çiqiladimi?” degan savol bilan murojaat qilgandi. Ammo bu borada hali javob berilgani yöq.
















