O‘zbekiston | 19:04 / 08.08.2019
7263
1 daqiqa o‘qiladi

"Vaqf" fondi Makkai mukarramada yana bir xayrli ishga qo‘l urdi

7 avgust kuni muborak haj ziyoratlarini ado etish uchun Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketgan yoshi keksa hojilar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida savobli ishga qo‘l urildi, deb xabar berdi "Vaqf" xayriya jamoat fondi matbuot xizmati.

Fond tomonidan Saudiya Arabistoni iqlimining issiqligi sabab yoshi ulug‘ ziyoratchilarimiz uchun ibodatlarni amalga oshirish sinovli bo‘layotganini hisobga olib, ayrim ziyoratchilarga harakatlanishda ko‘mak bo‘lishi uchun aravalar Makka shahriga yetkazildi. Ushbu aravalar Fond rahbari Iskandar Xalilov tomonidan "Haj-2019" tibbiyot guruhi ixtiyoriga topshirildi.

Fondning saxovatpesha homiylari ko‘magi bilan amalga oshirilgan ushbu xayrli ishlarning bardavom bo‘lishini so‘rab duoi xayrlar qilindi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid