Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi Orol muammolarini bartaraf etish uchun 5 mln yevro ajratadi
Yevropa ittifoqi Orol va Orolbo‘yi hududini innovatsiyalarni jalb qilgan holda rivojlantirish maqsadida 5 million yevro miqdorida mablag‘ ajratadi. Bu haqida Yevropa ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi missiya rahbari o‘rinbosari Jussi Narvi “Orol dengizi havzasidagi qishloq xo‘jaligi va ekologiya muammolarini investitsiya va innovatsiyalar uchun imkoniyatlarga aylantirish” mavzusidagi forumda ma'lum qildi.


“Orol dengizi bilan bog‘liq holat faqatgina ekologik nuqtai nazardan muammo tug‘dirib qolmaydi. Bu o‘sha hududda yashaydigan aholining turmush sharoitiga ham jiddiy ta'sir ko‘rsatmoqda. Shuning uchun men Oroldagi vaziyatni birinchi navbatda insoniylik nuqtai nazaridan muammo deb bilaman. Aholining yaxshi turmush kechirishi uchun birlamchi bazaviy sharoitlarni yaratish kerak”, ─ deydi Jussi Narvi.
Missiya rahbari o‘rinbosarining qayd etishicha, YeI tomonidan ajratilayotgan mablag‘lar beshta yo‘nalishda yo‘naltiriladi:
─ sifatli va o‘z vaqtidagi tibbiy xizmat hamda ichishga yaroqli suv ta'minotini yo‘lga qo‘yish orqali aholi salomatligi xavfsizligi haqida qayg‘urish;
─ aholining turmush sharoitini yaxshilash, xususan, alohida ishlashni talab qiladigan guruh ─ bolalar va o‘smirlarga e'tibor qaratish;
─ ekologik omillar bilan bog‘liq holda vujudga kelgan stressli vaziyatni yumshatish;
─ aholining daromadini oshirish, ish o‘rinlari bilan ta'minlash masalasini hal etish;
─ boshqa manbalarni jalb qilgan holda Orol muammosini birgalikda hal qilishga erishish.
Mavzuga oid
18:39 / 03.11.2025
Yevropa ittifoqi O‘zbekistonda kinofestival o‘tkazadi
20:22 / 17.09.2025
Yevroittifoq sharqiy chegaralarda «dron devori» barpo etilishini tezlashtirmoqda
20:25 / 20.06.2025
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
19:14 / 18.04.2025