Jahon | 15:40 / 09.08.2019
12309
2 daqiqa o‘qiladi

AQShning Berlindagi elchisi Amerika qo‘shinlari Germaniyadan qisman olib chiqib ketilishi bilan tahdid qildi

Foto: AP

AQShning Germaniyadagi elchisi Richard Grenell Amerika harbiylarining bir qismi GFRdan olib chiqib ketilishi mumkinligini aytdi. Bu haqda DPA agentligi xabar berdi.

"AQShdagi soliq to‘lovchilar 50 ming amerikalikning Germaniyada bo‘lib turishi uchun pul to‘layotgan bir paytda nemislar savdo profitsitidan o‘zlarining ichki maqsadlari uchun foydalanishi tahqirli", - dedi u. 

Uning so‘zlariga ko‘ra,, "aksariyat prezidentlar Yevropaning yirik iqtisodiyotidan o‘z mudofaasi uchun o‘zi pul to‘lashini so‘rashgan".  

AQShning fikricha, GFR mudofaaga yetarlicha pul sarflamayapti. Vashington Berlin bu maqsad uchun YaIMning 2 foizini sarflashini istamoqda, ammo nemis hukumati 2024 yilga kelib bu ko‘rsatkichni 1,5 foizgacha oshirmoqchi.  

Germaniyada 35 ming nafar amerikalik harbiylar va Amerika qo‘shinlari uchun ishlaydigan 17 ming amerikalik joylashgan.  

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid