Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp KXDRning raketa uchirganidan Kim Chen Inning o‘zi ham xursand bo‘lmaganligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp jurnalistlarga KXDR rahbari Kim Chen Indan "zo‘r maktub" olganligini ma'lum qildi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, Kim Chen In KXDRning yaqinda raketa uchirganidan o‘zi ham xursand bo‘lmaganligini bildirgan. Amerika prezidenti u bilan bo‘ladigan muzokaralardan so‘ng Shimoliy Koreya yadro quroli sinovini o‘tkazmasligini ta'kidladi.
U Kim Chen In bilan uchrashishi mumkinligini istisno etmadi.
Bloomberg agentligining xabar berishicha, Kim Chen In maktubida AQSh va Janubiy Koreya o‘tkazayotgan harbiy mashg‘ulotlardan norozi bo‘lgan.
"U bu mashg‘ulotlardan norozi bo‘ldi. Ko‘ramiz, oxir-oqibat bundan nima kelib chiqarkin", - dedi Tramp.
Pxenyan iyul oxiri va avgust boshida ikkita ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi.
Ushbu hafta boshida AQSh va Janubiy Koreya hamkorlikdagi harbiy mashg‘ulotlarini boshladi. Bu KXDRning noroziligiga sabab bo‘ldi.
Mavzuga oid
12:44
AQSh sobiq elchisi Medinskiyning muzokaralarga qaytishidan norozi
10:47
Tramp: Zelenskiy “harakat qilishni boshlamasa”, tinchlik imkoniyatini boy beradi
09:41
AQSh senatori Grem Trampni Ukrainaga “Tomagavk”ni berishga chaqirdi
09:22