O‘zbekiston | 08:58 / 10.08.2019
2514
2 daqiqa o‘qiladi

Janubiy Koreya o‘zbekistonliklarga «Rivojlangan mamlakatlardagi ayollarning kasb salohiyatini rivojlantirish» dasturi uchun grantlar sonini ko‘paytiradi

Foto: Oliy Majlisi Senati axborot xizmati

O‘zbekiston parlamenti delegatsiyasining Koreyaga tashrifi doirasida Koreya Respublikasi gender tenglik va oila masalalari vaziri Djin Sun Mi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.

Djin Su Mi O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash siyosatining amalga oshirilishi va gender tenglik masalalariga yuqori baho berdi. Oliy Majlis Senatida Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi tashkil etilganligini bunga yaqqol misol sifatida keltirdi.

Djin Sun Mi  xotin-qizlar va erkaklarga  teng imkoniyatlar yaratish, shuningdek xotin-qizlar o‘rnini mustahkamlash yosh avlod uchun  o‘ta muhimligini ta'kidladi.

Suhbat chog‘ida gender tenglikni rivojlantirish bo‘yicha Koreya ta'lim instituti bilan O‘zbekiston Respublikasining shu yo‘nalishdagi idoralari o‘rtasida zo‘ravonlik va ayollar kamsitilishining oldini olish yuzasidan tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston fuqarolariga “Rivojlangan mamlakatlardagi ayollarning kasb salohiyatini rivojlantirish” dasturida ishtirok etishi uchun grantlar sonini ko‘paytirish masalasi ham muhokama etildi.

Shuningdek, Djin Sun Mi  O‘zbekistonga tashrif buyurish taklifini minnatdorlik bilan qabul qilib, Koreya Respublikasi gender tenglik va oila masalalari vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi o‘rtasida hamkorlik Memorandumini imzolash taklifini qo‘llab-quvvatladi, deyiladi xabarda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid