Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Neymar uchun bir yevro ham to‘lamoqchi emas
«Barselona» rahbariyati Neymarni qaytarish masalasida «PSJ» bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.
Marca`ning xabar berishicha, «ko‘k-anorranglilar» 27 yoshli braziliyalik uchun Parij klubiga faqatgina o‘z futbolchilarini berishga tayyor, ya'ni klub qo‘shimcha hech qancha mablag‘ni kompensatsiya sifatida to‘lamoqchi emas.
Ta'kidlanishicha, «Barsa» rahbarlari xotirjamlikni saqlagan holda Neymar transferi bo‘yicha shoshilinch qarorlar qabul qilishdan o‘zini tiyishga qaror qilgan.
Kataloniya klubidagilar hujumchi bu yil yozda «PSJ»da qoladi, deb hisoblashmoqda. Shuningdek, qayd etilishicha, ularni Neymarga «Real» ham qiziqayotgani xavotirga solayotgani yo‘q.
Avvalgi xabarlarda Fransiya chempioni 10-raqam egasi uchun «Barselona»dan vinger Filippe Koutino, himoyachi Nelson Semedu va 50 mln yevro so‘rayotgani aytilgan edi.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
11:26 / 03.05.2026