Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada Koreya tibbiy shifoxonasi ochiladi hamda tibbiyot jihozlari va dori-darmon ishlab chiqariladi
Joriy yilning 10 avgust kuni Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsiya forumidan so‘ng viloyat hokimi Shuhrat G‘aniyev Farg‘ona viloyatining faxriy fuqarosi Kim Chang Kyon boshchiligidagi Janubiy Koreya delegatsiyasini qabul qildi.
Muzokarada so‘z olgan Kim Farg‘ona-Inchxon samolyot reysini yo‘lga qo‘yish masalasini ko‘tardi. Asosiy masala esa bugun Farg‘onada tibbiy klinika ochish maqsadida delegatsiya bilan tashrif buyurganligini bildirdi. Kim o‘z so‘zida delegatsiyaning maqsadi tibbiyot sohasida hamkorlik qilish bo‘lib, Farg‘ona viloyatida tibbiyot o‘quv yurti ochish ehtimolining kattaligini ham ta'kidlab o‘tdi. Koreyalik hamkorlar 4 yo‘nalish bo‘yicha loyiha taklif etdilar, ushbu loyihalar Farg‘ona shahrida hamda Qo‘qon erkin iqtisodiy zonasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.
Loyiha bilan tanishib chiqqan viloyat hokimi ushbu investorlar uchun barcha sharoitni yaratib berishga va'da berdi, deyiladi Farg‘ona viloyati hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Xorijlik hamkorlar loyihasida 4 yo‘nalish, ya'ni:
1. Farg‘ona shahrida ko‘ptarmoqli shifoxona qurish;
2. ”Qo‘qon” EIZda tibbiyot jihozlari ishlab chiqaruvchi korxona qurish;
3. ”Qo‘qon” EIZda farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona qurish;
4. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarni O‘zbekiston ichida va tashqi bozorga eksport qilish ko‘zda tutilgan.
Meditsina jihozlari ichida kompyuter tomografi ham ishlab chiqariladi. Shuningdek, loyihada malakali mutaxassislar tayyorlash ham ko‘zda tutilgan.
Hamkorlar uch yo‘nalish bo‘yicha dastlab 8,5 million AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritishga tayyor ekanliklarini bildirdilar. Keyingi bosqichlarda ushbu miqdor oshishi mumkin.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026