Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 09:26 / 12.08.2019
17398
1 daqiqa o‘qiladi
Oilaviy janjalda qaynotasini ketmon bilan jarohatlagan kelin ushlandi
2019 yil 11 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumanida yashovchi 25 yoshli R.S. ismli ayol uyida oilaviy janjal oqibatida qaynotasi 62 yoshli F.X.ning orqa ko‘krak qismiga ketmon bilan urib jarohat yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada F.X. kasalxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, R.S. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
13:30 / 16.06.2026
Toshkentda maktab o‘quvchilari ishtirokidagi jinoiy guruh ushlandi
20:25 / 10.06.2026
Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik jinoyatlari tergovi ayol tergovchilarga topshiriladi
19:10 / 09.04.2026
Yasama jinoyat sudda “sindi”: baxmallik Sanjarning holiga maymunlar yig‘lardi, agar...
21:49 / 18.03.2026