Iqtisodiyot va sanoat vazirining yangi o‘rinbosari lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzurida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan keltirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi markaziy apparati tuzilmasiga iqtisodiyot va sanoat vazirining hududlarni, shu jumladan, Sirdaryo viloyatini kompleks rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini qisqartirish hisobiga O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari – Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori lavozimi kiritildi.
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 28 nafardan iborat bo‘lgan tuzilmasi tasdiqlandi.
Belgilab qo‘yilishicha:
Agentlik direktori ikki nafar o‘rinbosarga, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan birinchi o‘rinbosarga ega;
Agentlik direktorining o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ijrochi direktori hisoblanadi;
Agentlik faoliyatini moliyalashtirish manbalari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisoblanadi;
Agentlik kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliyaviy tashkilotlari mablag‘larini jalb qilishi mumkin;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmalari tuzilmalarida Iqtisodiyot va sanoat vazirligining o‘rnatilgan umumiy boshqaruv xodimlarining cheklangan soni doirasida Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil apparatining hududlarda faoliyat yuritayotgan xodimlari bilan o‘zaro yaqin hamkorlikda ishlaydigan, boshqaruv xodimlarining shtat birligi 49 nafardan iborat kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘limlari tashkil etiladi.
Agentlik:
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy banki va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda nomoliyaviy yordam turlarini hamma sohalarda kengaytirish, shu jumladan, biznes yuritish asoslari va sohadagi qonun hujjatlari, tadbirkorlik faoliyatining xavf-xatarlarini baholash ko‘nikmalarini o‘rgatish orqali tadbirkorlarning kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarida muvofiqlashgan tarzda ishtirok etishini, ularning malakasini oshirish, stajirovkalar va boshqalar tashkil etilishini ta'minlaydi;
tijorat banklari bilan birgalikda ikki oy muddatda foydalaniladigan uskunalarning texnik xususiyatlari, o‘zini qoplash muddati, mahalliy xomashyo bilan ta'minlanishi, sarflanadigan materiallar hisob-kitobi va bozorlar, shu jumladan, xorijiy bozorlar bahosini o‘z ichiga olgan elektron katalogini shakllantiradi, keyinchalik salohiyatli loyihalar va biznes tashabbuslarini tanlab olish jarayoni samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida ular Agentlik va tijorat banklarining veb-saytlariga joylashtiriladi.
Mavzuga oid
13:30 / 31.10.2024
Atom energiyasi agentligining asosiy vazifalari belgilandi
07:36 / 25.10.2024
Migratsiya agentligining ayrim funksiyalari xususiy sektorga o‘tkaziladi
11:40 / 16.10.2024
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi
09:55 / 15.10.2024