O‘zbekiston | 08:57 / 14.08.2019
8948
3 daqiqa o‘qiladi

«Mikrokreditbank» va «Xalq banki» davlat dasturlari doirasida kichik biznes loyihalarini moliyalashtiruvchi banklar etib belgilandi

Foto: Getty Images

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining:

“Mikrokreditbank” ATB va “Xalq banki” ATBni “oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish loyihalarini moliyalashtiruvchi banklar etib belgilash;

“oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantirish va, umuman, aholining tadbirkorlik faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash davlat dasturlari doirasida avval ajratilgan kreditlar hisobiga bo‘shaydigan mablag‘larni “Mikrokreditbank” ATB va “Xalq banki” ATBga keyinchalik kredit bozorida buzilishlarni bartaraf etish, pul mablag‘laridan teng foydalanish imkoniyatini ta'minlash va maqsadli moliyaviy resurslardan foydalanishdan ijtimoiy-iqtisodiy samarani oshirish maqsadida kichik biznes va tadbirkorlikni bozor sharoitlariga yaqin stavkalarda kreditlash uchun yo‘naltirish haqidagi takliflariga rozilik berildi.

Moliya vazirligi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi va manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati cheklangan aholining himoyaga muhtoj qatlamlarini talab mavjud bo‘lgan kasb va mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitishga, ularni ijtimoiy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini joriy etishga qaratilgan hukumat qarori loyihasini ushbu tadbirlarni “oilaviy tadbirkorlik”ni rivojlantirish davlat dasturlari doirasida ilgari berilgan kreditlarni “Mikrokreditbank” ATB va “Xalq banki” ATBlariga joylashtirishdan tushgan qo‘shimcha daromadlar hisobiga moliyalashtirishni nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etadi.

Mavzuga oid