Jahon | 08:00 / 15.08.2019
6905
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyada to‘fon sababli 600 mingga yaqin kishiga evakuatsiya qilinish tavsiya qilindi

Foto: REUTERS/Kyodo

Yaponiyada 570 ming kishiga quruqlikka yaqinlashib kelayotgan “Krossa” to‘foni sababli evakuatsiya qilinish tavsiya qilindi. To‘fonning asosiy zarbasi Xirosima prefekturasiga to‘g‘ri keladi.

Ayni vaqtda to‘fondagi shamol tezligi soniyasiga 35 metrni tashkil qilmoqda. Kun davomida mamlakat g‘arbida 800 mmgacha yog‘ingarchilik tushishi, bu esa ko‘chkilarga olib kelishi mumkin.

Shuningdek, 673 ta ichki aviareys bekor qilingan. Temir yo‘l transporti qatnovi izdan chiqqan, bir nechta trassa yopilgan. 

O‘tgan hafta Yaponiyaning janubiy orollari – Isigaki, Miyako va Okinavaga “Lekima” to‘foni yopirilgandi. U sababli 15 mingga yaqin uy elektr energiyasiz qolgan, 60dan ko‘proq reys bekor qilingan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid