Buxoro neftni qayta ishlash zavodi 553 mln dollarga modernizatsiyalanadi

Foto: Livejournal
2019 yilda Buxoro neftni qayta ishlash zavodida modernizatsiya ishlari boshlanadi. Bu maqsadda 553 mln dollar sarflanadi. Bu haqda “O‘zbekneftgaz” matbuot xizmati xabar qildi.
Obektni 3 bosqichda modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish taklif etilgan.
1997 yilda tashkil etilgan zavod 22 yil ichida ilk bor texnologik yangilanadi. Ishlar yakunlangach zavod har yili 2,5 mln tonna neft va gaz kondensatini qayta ishlay oladi. Buning evaziga “Yevro-5” standartidagi 1,2 mln tonna benzin, 200 ming tonna aviakerosin, 750 ming tonna dizel yoqilg‘isi va 30 ming tonna mazut olinadi.
Zavodni modernizatsiyalash loyihasini Janubiy Koreyaning SK Engineering kompaniyasi ishlab chiqqan.
Modernizatsiyalashni quyidagi bosqichlarda amalga oshirish rejalashtirilgan:
1-bosqich (2019 yil) – gazoylni gidrotozalash qurilmasi katalizatorini oxirgi avloddagi katalizatorga almashtirish ko‘zda tutilgan. Bu dizel yoqilg‘isining umumiy hajmidan 20 foiz Yevro 4,5 va 80 foiz Yevro 3 standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘i olishni ta'minlaydi.
2-bosqich (2019-2022 yillar) – mavjud texnologik liniyalarning qo‘shimcha qurilmalar o‘rnatilishi bilan modernizatsiya va rekonstruksiyasini ko‘zda tutadi. Ushbu bosqichning amalga oshirilishi natijasida Yevro 3, Yevro 5 standartlariga javob beruvchi AI-91, AI-93, AI-95 benzinlari olinishi hajmini oshirish va 100 foiz dizel yoqilg‘isining Yevro 5 standarti bo‘yicha ishlab chiqarilishi ta'minlanadi.
3-bosqich (2024-2025 yillar) – mazutni chuqur qayta ishlashni ta'minlash maqsadida yangi qurilmalar qurilishini ko‘zda tutadi. Ushbu bosqichda xomashyoni chuqur ishlashni 79 foizdan 95 foizgacha oshirish, och rangli neft mahsulotlari chiqishini 77 foizdan 91 foizgacha oshirish ta'minlanadi.
2 va 3-bosqich obektlari qurilishini ishlab chiqarishni to‘xtamagan holda amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Ayni vaqtda loyihani amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish imkoni ishlab chiqilmoqda.
Mavzuga oid

22:30 / 19.09.2024
Foydalanilmayotgan yerlar, bo‘sh adirlarda mevali bog‘lar barpo etiladi

16:25 / 08.08.2022
O‘zbekistonda gaz ta’minoti modernizatsiya qilinadi

20:23 / 26.12.2018
Jismonan eskirgan va o‘z xizmatini o‘tab bo‘lgan 240ta nasos stansiyasi bosqichma-bosqich modernizatsiya qilinadi

18:00 / 04.01.2018