Bugun, 16 avgust kuni Milliy matbuot markazida Özbekistonda «Halol» standartlarining joriy qilinişi hamda sertifikatlaştiriş böyiça amalga oşirilgan işlar yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi.

Tadbirda endilikda Özbekistonda ham «Halol» standarti böyiça sertifikatlar oliş uçun huquqiy asos yaratilib, barça mexanizmlar işlab çiqilgani töğrisida ma'lumot berildi.

Ma'lum qilinişiça, «Halol» standarti talablariga muvofiqlikni ta'minlaş uçun akkreditlangan sinov laboratoriyasini taşkil etiş uçun 2-3 mln dollar atrofida mablağ talab qilinadi. Şuningdek, jarayonda mahalliy diniy taşkilotlar vakillari iştirok etişi maqsadga muvofiq sanaladi. «Halol» standarti böyiça sertifikat olgan mahsulot eksportga jönatilganda yoki mahalliy bozorda bu standartga mos kelmasligi aniqlansa, mamlakat va qator taşkilotlar nufuziga katta putur yetadi.

Möğulistondan import qilinayotgan göşt mahsuloti «Halol» standarti talablariga muvofiq keliş-kelmasligi haqidagi savolga «Özstandart» agentligi boş direktori örinbosari Jasur Şukurov javob berdi.

«Möğulistondan kirib keluvçi göşt mahsulotida «Halol» sertifikati yöq va bunday talab ham qöyilmagan. Çunki barça xaridorlar ham bu jihatga e'tibor bermaydi. Lekin bu iste'molga yaroqsiz degani emas, agar mahsulot sanitar-gigiyenik talablarga mos kelsa, u sotuvga çiqarilaveradi. Iste'molçining özi tanlab olaveradi», deya uning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

«Şu paytga qadar Özbekistonda «Halol» sertifikatini oliş imkoniyati yöq edi. Ehtiyojmand tadbirkorlar bu sertifikatni xorijdan olib kelişgan. Xorijiy sertifikatlar bizda tan olinadimi, endi ularning maqomi qanday böladi?» deya savol berilganida Standartlar instituti halol sertifikatlaş agentligi rahbari Sunnat Saidov javob qaytardi: «Biz xorijdan olingan ayrim sertifikatlar böyiça tekşiriş ötkazganimizda ba'zi işonçsiz idoralar tomonidan «Halol» sertifikatlari berilgan holatlar aniqlandi, hatto berilgan taşkilotning özi yöq bölib çiqqan holatlar ham böldi. Demak, endi tadbirkorlarimiz öz qonunçiligimizga, öz talablarimizga, diniy idoramiz nazorati ostida sertifikat  olişlari maqsadga muvofiq böladi».

«Öşanday «şubhali» sertifikat ostida mahsulot tarqatayotgan işlab çiqaruvçilar haqida rasmiy ma'lumot berilganmi?» degan savol oçiq qoldirildi.