Özbekiston prezidentini rasmiy kutib oliş marosimi
Dastlab Şavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib oliş marosimi böldi. Davlat rahbari va rafiqasini Möğuliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi bilan kutib oldi. Suxe-Botir maydonida oliy martabali mehmon şarafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan ötib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini qutladi.
Marosimdan söng Özbekiston prezidenti Möğuliston Davlat saroyidagi Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi. Birgalikda suratga tuşilgaç, oliy darajadagi muzokaralar boşlandi.

Mirziyoyev va Xurelsuxning muzokaralari
Möğuliston Davlat saroyida Şavkat Mirziyoyev va Uxnaagiyn Xurelsuxning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar iştirokidagi muzokaralari bölib ötdi. Özbekiston-Möğuliston döstlik va köp qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari körib çiqildi.
Muzokaralarda iqtisodiy kooperatsiyani çuqurlaştirişga alohida e’tibor qaratildi. Yaqin yillarda özaro savdoni, eng avvalo, talab yuqori bölgan mahsulotlar nomenklaturasi va hajmini oşiriş hisobiga karrasiga köpaytiriş uçun salmoqli salohiyat mavjudligi qayd etildi.
Şu maqsadda imtiyozli savdo va investitsiyalarni himoya qiliş töğrisidagi bitimlarni qabul qilişni tezlaştiriş muhimligi ta’kidlandi.
Davlat rahbari iqtisodiyotning muayyan tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasini çuqurlaştiriş muhimligini ta’kidladi. Hamkorlikning qator istiqbolli yönalişlari ustuvor etib belgilab olindi. Qöşma klasterlar taşkil etiş, göşt-sut, jun va çarm mahsulotlarini qayta işlaş va işlab çiqariş böyiça kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş asosida qişloq xöjaligida kompleks hamkorlikni çuqurlaştirişdan manfaatdorlik bildirildi.

Transport jihatidan özaro boğliqlikni mustahkamlaş va yangi logistika yönalişlarini rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Yil yakuniga qadar poytaxtlar örtasida töğridan töğri aviaqatnovlarni yölga qöyiş rejalaştirilgan. Dengizga çiqiş imkoniyati bölmagan mamlakatlar uçun xalqaro tahlil instituti bilan birgalikda eng qisqa va samarali transport yölaklarini aniqlaş böyiça amaliy tadqiqotlar ötkaziş taklifi bildirildi.

















