10:50 / 18.08.2019
13478

Qozog‘istonda bir kun ichida 3ta yer silkinishi yuz berdi  

Foto: Global Look Press/Muhammad Fauzy

Qozog‘istonning Olmaota viloyatida 18 avgustda 3 ta yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda Qozog‘iston seysmologik tajriba-metodik ekspeditsiyasi saytida ma'lum qilindi.  

Yer silkinishlardan birinchisi soat 5:07da Olmaotadan 145 km uzoqlikda yuz bergan va magnitudasi 5,4 ballni tashkil qilgan. Uning o‘chog‘i 5 km chuqurlikda  bo‘lgan. Shuningdek, soat 6:38da Olmaotadan 250 km shimolda 4,6 magnitudali ikkinchi yer silkinishi qayd etilgan. Uning o‘chog‘i 10 km chuqurlikda bo‘lgan.  

Uchinchi yer silkinishi Olmaotadan 78 km shimolda qayd qilinib, magnitudasi 4,9 ballni tashkil qilgan. Uning o‘chog‘i 20 m chuqurlikda joylashgan.

Yer silkinishlari oqibatida jabrlanganlar va talofatlar haqida xabar berilmagan. Olmaota viloyati va Jarkent shahri favqulodda vaziyatlar departamentlarida tezkor shtablar va “qaynoq telefon liniyalari” tashkil etilgan.

Mavzuga oid
Top