Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda barcha mehmonxonalar hamda masjidlar raqamli kameraga to‘liq o‘tkazildi
Bugungi kunda Samarqand shahrida joylashgan barcha mehmonxonalar hamda masjidlar raqamli kameralarga to‘liq o‘tkazildi. Bu haqda viloyat hokimining Telegram kanalida xabar berilgan.
Shahar bo‘yicha katta ko‘chalar, chorrahalar va boshqa obektlarga jami 4500 ta raqamli kameralar o‘rnatilgan bo‘lib, ushbu kameralarning 1100 tasi Samarqand viloyati IIBda yaratilgan situatsion markazga integratsiya qilingan.
“Xavfsiz shahar” konsepsiyasining tarkibiy qismi bo‘lgan Samarqand shahrining gavjum, boshqarilishi qiyin bo‘lgan 4ta chorrahasida “Yo‘l harakati qoidalari”ni buzgan harakat ishtirokchilariga nisbatan ma'muriy chora ko‘rilishi hamda ushbu ko‘chalarda harakat xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya etilishini ta'minlash maqsadida kuzatuv hamda qayd etish kameralari o‘rnatilib, test rejimida ishga tushirildi.
Shu bilan birga, viloyat ichki ishlar boshqarmasi davlat xususiy sherikchiligi asosida Samarqand shahrida haydovchilar tomonidan sodir etilayotgan yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi videokuzatuv moslamalarini o‘rnatilishi bo‘yicha xohish istagi bo‘lgan, tegishli vakolatga ega korxona, tashkilot hamda tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlab, hamkorlik qilishga tayyorligini bildirmoqda.
Mavzuga oid
15:23 / 01.06.2026
Samarqanddagi 4 ta oliygoh qayta tashkil etiladi
18:09 / 31.05.2026
Samarqandda Global ekologik fond Kengashining 71-yig‘ilishi boshlandi
18:28 / 28.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini Xitoy kompaniyasi quradi. Loyiha qiymati - 2 mlrd 185 mln dollar
17:12 / 27.05.2026