Salkam 700 million so‘mlik tovarlarni noqonuniy olib kirish bo‘yicha urinishga chek qo‘yildi
Bojxonachilar tomonidan bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlash maqsadida bojxona nazoratini chetlab o‘tishga urinish holatlariga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Ark buloq” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan korxonalardan birining nomiga kelgan yuklarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida bojxona yuk deklaratsiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan va umumiy qiymati salkam 626 million so‘mlik 910 dona avtomashina faralari borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Yana bir holatda “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan ikkita korxona nomiga keltirilgan yuklar bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, bojxona yuk deklaratsiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan umumiy qiymati 30 million so‘mlik, 85 turdagi salkam 200 dona ehtiyot qismlar borligi aniqlandi.
Shuningdek, “Chuqursoy” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan uchta mas'uliyati cheklangan jamiyatlar nomiga xorijdan temir yo‘l konteynerida kelgan yuklarni bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida bojxona yuk deklaratsiyasida hamda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha umumiy qiymati 38,3 million so‘mlik 1,5 tonna yog‘ochli tish tozalagich, 4 ming kv. metr uzunlikdagi parda uchun gazlamalar va boshqa mahsulotlar borligi ma'lum bo‘ldi.
Yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
17:40 / 14.11.2024
Buxoro amirligi davriga tegishli qadimiy tangalarni olib chiqib ketishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi
23:41 / 13.11.2024
O‘zbekistonga 245 mln so‘mlik qo‘l soatlar va zargarlik buyumlarini yashirincha olib o‘tishga uringan shaxslar to‘xtatildi
17:56 / 06.11.2024
Tezkor qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalari bojdan ozod qilindi
12:37 / 05.11.2024