Suyak, böğim kasalliklari va jarohatlarning oldini oliş, bunday xastaliklarni erta taşxislaş hamda davolaş jahon tibbiyotining dolzarb  muammosidir. Bu yönalişda mamlakatimiz olimlari ham öziga xos ilmiy izlanişlar olib bormoqda. Natijada yurtimiz travmatologiyasida yangi usul — bipolyar endoprotezlaş amaliyoti joriy etildi.

«Ma'lumki, şu kunga qadar tibbiyotimizda çanoq-son böğimini endoprotezlaş amaliyotining ayrim turlari, jumladan, total hamda revizion usullaridan foydalanib kelinar edi. Endilikda esa, ular sirasiga çanoq-son böğimini bipolyar endoprotezlaş usuli ham qöşildi. Bu usulning noyobligi şundaki, bunda böğim oçilgandan söng uning aynan şikastlangan son suyagi qismigina olib taşlanib, örniga endoprotez qöyiladi. Ya'ni, endoprotez qöyiladigan qismning ölçamlari olinib, böğimning çanoq-son qismiga tegmagan holda, maxsus keramik yoki metalldan işlangan endoprotez uskunasini çanoq-son kosasi içiga erkin harakatlanadigan qilib örnatiladi.

Ilgari uşbu amaliyot biroz murakkab tarzda ötkazilar, bunda çanoq-son kosasi uskunalar yordamida tozalanib, toğay qismi olib taşlanar va maxsus vositalar yordamida mahkamlanar edi. Bu esa amaliyotning uzoq vaqtga çözilişiga, qon yöqotiş xavfining ortişiga va bemorda jarrohlik amaliyoti bilan boğliq boşqa holatlarning kelib çiqişiga sabab bölardi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimining telegramdagi kanali xabarida.

«Endi esa bunga hojat qolmadi. Boisi uşbu usul orqali ham vaqt, ham mablağ tejaladi. Jumladan, uşbu amaliyot özining bor yöği 45 daqiqagina davom etişi bilan ham ajralib turadi. Bordi-yu, bemorning umumiy ahvoli yaxşi bölib, amaliyot jarayonidagi iştirok etuvçi şifokor-xodimlar guruhi tajribali bölsa, unda operatsiya 30 daqiqada ham yakunlanişi mumkin. Tabiiyki, bunda bemor ortiqça qon yöqotiş holatidan aziyat çekmaydi. Şuningdek, tananing kesilgan qismidagi kesma uzunligi 7-8 santimetrni taşkil etadi. Eng muhimi esa, şunday murakkab amaliyotdan söng bemor qisqa vaqt oraliğida oyoqqa turib, yura boşlaydi, operatsiyaning beşinçi kunida esa uyiga ruxsat beriladi. Bu dunyo tibbiyotida kamdan-kam holatlardagina kuzatiladi», deydi 1-Respublika klinik şifoxonasi şifokori, tibbiyot böyiça falsafa doktori (PhD) Kamolxöja Eşnazarov.

Turli xastalikni jarrohlik usuli bilan davolaşda, bemorning umumiy ahvoli alohida ahamiyat kasb etadi. Çunki bir organda qöllanayotgan amaliyot, ikkinçi xastalikni zöraytirib yuborişi mumkin. Qiziği şundaki, bipolyar endoprotezlaş usulida bunga hojat qolmaydi. Boisi tibbiyotimizda yangi joriy etilayotgan uşbu usul ana şu yuqorida aytilgan jihatlari bilan boşqa organ va töqimalarga deyarli ta'sir qilmaydi. Qisqa vaqt içida yölga qöyilgan uşbu amaliyot bugun oğir kasalliklar sirasiga kiruvçi son suyagi böyinçasi jarohatlanişi, oğir turdagi politravma, bundan taşqari, turli yondoş kasalliklar (yurak qon-tomir, nafas organlari, ruhiy va boşqa kasalliklar) mavjud bölgan bemorlarda ham muvaffaqiyatli ötkazilmoqda.