Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh va “Tolibon” Afg‘onistondan xorij qo‘shinlarini olib chiqib ketish muddati to‘g‘risida kelishib oldi
AQSh va “Tolibon” harakati vakillari Dohada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda Afg‘onistondan xorij qo‘shinlarini olib chiqib ketishning vaqtinchalik ko‘rsatkichlari to‘g‘risida kelishib oldi. Bu haqda Pokistonning Doon gazetasi xabar berdi.
"Biz qo‘shinlarni olib chiqib ketishning vaqtinchalik doirasi haqida kelishib oldik. Endilikda uni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar ketmoqda", - dedi toliblar vakili Suhayl Shahin. Ammo qo‘shinlarni olib chiqib ketish muddati to‘g‘risida hech bir tomon ma'lumot bermadi.
Xabar qilinishicha, Vashington bu boradagi kelishuv 1 sentyabrgacha imzolanishiga umid qilmoqda.
Keyingi yil davomida AQSh va “Tolibon” qo‘shinlarni olib chiqib ketish, o‘t ochishni to‘xtatish va ichki muammolarni hal qilish bo‘yicha sakkiz marta muzokara o‘tkazdi.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
22:25 / 22.06.2026